» » Checheniston Vladimir Putin uchun ketma-ket uchta muddat so‘radi

Checheniston Vladimir Putin uchun ketma-ket uchta muddat so‘radi


Checheniston parlamenti davlat rahbari vakolatlarini ketma-ket ikkitadan uchta muddatgacha uzaytirish haqidagi qonun loyihasini tayyorladi, deb yozadi “RIA Novosti” respublika qonunchilik palatasi spikeri Magomed Daudovga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala parlament kengashi majlisida ko‘rib chiqilgan. Daudovning fikricha, “tuzatish davlatning demokratik asoslarini kamaytirmaydi va xalqqa o‘z kelajagini belgilash imkoniyatini beradi”.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov rossiyaliklar davlat rahbari vakolatlarini ikki muddatdan ko‘proqqa uzaytirish haqida o‘ylashi kerakligini aytgan edi. “Xalq, Federatsiya kengashi, Davlat dumasi, boshqa davlat institutlari bunday qarorga tashabbuskorlik qilishi va uni qabul qilishi, imzo yig‘ib, umumxalq referendumiga qo‘yishi kerak. Ishonchim komilki, pirovardida buni hamma qo‘llab-quvvatlaydi”, — degan edi Ramzan Qodirov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют