» » Kim Chen In Tramp bilan uchrashuv ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishini aytdi

Kim Chen In Tramp bilan uchrashuv ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishini aytdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lg‘usi uchrashuvi Koreya yarim oroli uchun ijobiy o‘zgarishlarni olib kelishini aytdi, deb yozadi “TASS”.

“Kim Chen In KXDR va AQSh o‘rtasidagi bo‘lg‘usi sammit tarixiy uchrashuvga aylanishini hamda Koreya yarim orolida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va yorug‘ kelajak qurish yo‘lidagi ajoyib birinchi qadam bo‘lishini aytdi”, — deyiladi Koreya markaziy telegraf agentligi KXDR yetakchisining AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tarqatgan xabarda.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Koreyaga tashrif bilan uchib borgani, bu davlat kotibining KXDRga olti hafta ichidagi ikkinchi tashrifi bo‘lgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют