» » Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyadagi o‘nlab harbiy obyektlarga zarba berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyadagi o‘nlab harbiy obyektlarga zarba berdi


Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyada Eronning “Al-Kuds” kuchlariga tegishli o‘nlab harbiy obyektlarga hujum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Isroil armiyasi xabariga tayanib.

Ta’kidlanishicha, Isroil HHK havo hujumiga qarshi mudofaaning samolyotlarga qarata o‘t ochgan batareyalari (bo‘linmalari)ga hujum qilgan. Harbiylar samolyotlardan hech biriga zarar yetmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, ular birorta ham Eron raketasi Isroil hududiga qulamaganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Isroil armiyasi so‘nggi yillardagi eng keng ko‘lamli harbiy operatsiyani o‘tkazgan.

Avvalroq Eronning Suriyadagi qurolli kuchlari Golan tepaliklaridagi Isroil qo‘shinlari marralariga raketa hujumini uyushtirgan edi. Keyinroq Isroil harbiylari Suriyadagi radiolokatsiya qurilmasini yo‘q qilgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют