» » Iroq hukumati IShID boshlig‘i al-Bag‘dodiy yakkalanib qolganini ma’lum qildi

Iroq hukumati IShID boshlig‘i al-Bag‘dodiy yakkalanib qolganini ma’lum qildi


IShID terrorchilik guruhi boshlig‘i Abu Bakr al-Bag‘dodiy joylashgan joy aniqlandi, u yakkalanib qolgan bo‘lib, uning harakati kuzatilmoqda. Unga yaqin bo‘lgan dala qo‘mondonlarining ko‘pchiligi yo‘q qilingan. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy France 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, ammo u terrorchilar yetakchisi joylashgan joyni aniq aytmadi, deb yozadi “TASS”.

“Biz uning ko‘pchilik yordamchilarini o‘ldirdik va yo‘q qildik. Uning o‘zi ishonishi mumkin bo‘lgan hech kimi qolmadi. U izolyatsiyada, biz uning harakatlarini kuzatyapmiz. U o‘zini panada tutishga intilmoqda, boshqa terrorchilar bilan deyarli aloqa qilmaydi”, — dedi al-Obodiy.

Iroq bosh vaziri boshlovchining al-Bag‘dodiy Mosuldami, yo‘qmi qabilidagi savoliga izoh berishdan bosh tortdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют