» » Reuters: O‘zbekiston “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni xususiylashtirishga tayyor, ammo oltin va neft ustidan nazoratni saqlab qolmoqchi

Reuters: O‘zbekiston “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni xususiylashtirishga tayyor, ammo oltin va neft ustidan nazoratni saqlab qolmoqchi


O‘zbekiston “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni xususiy qo‘llarga berishga tayyor, ammo oltin konlari va neft qazib chiqarish ustidan nazoratni saqlab qolish niyatida. Bu haqda Reuters bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Sardor Sa’dullayevga tayanib xabar berdi, deb yozadi Spot.

“Biz asosiy sektor deb hisoblaydigan, bizning fikrimizcha, davlat nazorati ostida tutib turishimiz kerak bo‘lgan narsa — bu asosan oltin qazib olish va bizning bosh neft kompaniyamiz”, — dedi Sa’dullayev ayni paytda Iordaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining an’anaviy yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z aviabozorini ochishga tayyor, bu, shu jumladan, Milliy aviakompaniyani xususiylashtirish hisobiga amalga oshishi mumkin.

“Bizda bitta monopol aviakompaniya — “O‘zbekiston havo yo‘llari” bor, ammo biz aviakompaniya daxlsiz kompaniyalar ro‘yxatidan chiqishi uchun sektorni isloh qilish maqsadida Jahon banki bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz”, — dedi Sa’dullayev.

Shuningdek, Sa’dullayev energetika tarmog‘ini ham izohladi.

“Biz shuningdek, energetika sektori haqida ham o‘ylayapmiz, ammo biz davlat-xususiy sheriklik modeli juda to‘g‘ri usul bo‘ladi, deb hisoblaymiz”, — dedi Sa’dullayev davlat mulkidan foydalanish bo‘yicha to‘liq huquq emas, aksiyalar sotilishini nazarda tutib.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют