» » Google Assistant ovozli yordamchisi telefon orqali suhbatlashish funksiyasiga ega bo‘ldi (video)

Google Assistant ovozli yordamchisi telefon orqali suhbatlashish funksiyasiga ega bo‘ldi (video)


Google rahbari Sundar Pichai Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan anjumanda Google Duplex nomli funksiyani taqdim etdi, deb xabar beradi Meduza.

Kompaniya ushbu funksiyani o‘zining ovozli yordamchisiga o‘rnatadi. Google Duplex yordamida foydalanuvchi virtual assistent orqali restorandan joy band qilishni yoki sartarosh qabuliga yozilib qo‘yishni so‘rashi mumkin. Yordamchi esa ularga qo‘ng‘iroq qilib, barcha ishni o‘zi amalga oshiradi. Pichai taqdim etgan suhbatga quloq solinadigan bo‘lsa, odamlar o‘zi bilan robot gaplashayotganini sezmaydi ham. Duplex’ning sinov versiyasi “aqlli” yordamchilarda 2018-yilning yozidan boshlab ishga tushadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют