» » Qarshi, G‘uzor va Kitob dehqon bozorlarida shakar asossiz ravishda qimmat sotilayotgani aniqlandi

Qarshi, G‘uzor va Kitob dehqon bozorlarida shakar asossiz ravishda qimmat sotilayotgani aniqlandi


Davlat raqobat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi reklama faoliyatini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya etish bo‘limi joriy yilning birinchi choragida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarini nazorat qilish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Avvalo, mazkur yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini olib borib, viloyatdagi matbuot nashrlari va mahalliy televideniye hamda radiokanallarda muntazam ravishda maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar berib borish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi Biznes-Daily.

Qashqadaryo viloyatida shakar mahsuloti savdosi bo‘yicha yuzaga kelgan qoidabuzarliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va nazoratga olish, mahsulotning belgilangan narxlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) ishchi guruhlari tashkil etilgan. Ularning zimmasiga ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan shakarning 1 kilogrammi uchun ulgurji sotish narxi 4750 so‘m, chakana sotish narxi esa 5200 so‘m etib belgilangan. Joylardagi davlat soliq inspeksiyalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari uyushtirilib, shakar narxining sun’iy ravishda oshib ketmasligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan.

Shunga qaramay belgilangan tartibga amal qilmaslik holatlari ham qayd etilmoqda. Xususan, “Qarshi shahri dehqon (oziq-ovqat) bozori” aksiyadorlik jamiyati hududidagi tadbirkorlik subyektlari savdo shoxobchalari kuzatuv tarzida o‘rganilganda, yakka tartibdagi tadbirkorlarga qarashli savdo do‘konlarida shakar 5200—5700 so‘mgacha sotilayotganligi ma’lum bo‘lgan. Bunday holatlar G‘uzor va Kitob tumanlaridagi o‘rganishlar davomida ham kuzatilgan. Ularga shakar narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati va uni belgilangan narxda sotish yuzasidan tushuntirishlar o‘tkazilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning 10-dekabridan joriy yilning 10-yanvariga qadar Qarshi shahridagi 10 ta joyda, jumladan, “Yerqo‘rg‘on” dehqon (oziq-ovqat) bozori, shahar dehqon (oziq-ovqat) bozori va “Kunchiqar” dehqon (oziq-ovqat) bozori aksiyadorlik jamiyatlari hududlarida tashkil etilgan maxsus pavilyonlar va savdo rastalari hamda bayram yarmarkalaridagi mahsulotlar narxlari ham nazorat qilib borilgan. Boshqa tumanlarda ham uyushtirilgan shunday yarmarkalarda asosiy turdagi mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilib, narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli idoralarga taqdim etib borilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют