» » Keniyada to‘g‘onning o‘pirilishi natijasida 20 kishi halok bo‘ldi

Keniyada to‘g‘onning o‘pirilishi natijasida 20 kishi halok bo‘ldi


Keniyadagi “Patel” (Patel Dam) to‘g‘oni o‘pirilib ketishi oqibatida, kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Keniyaning Daily Nation nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Halokat Nakuru hududida 10-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 300 dan ziyod kishi uy-joysiz qolgan. Nakuru ma’muriyatining qayd etishicha, hodisa keltirib chiqargan talafot darajasi o‘rganilmoqda.

Nakuru gubernatori mamlakatda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi suv toshqinidan aholini ogohlantirdi.

“Qizil xoch” jamiyati ma’lumotlariga qaraganda, 39 kishi jarohatlangan. Hozirda voqea joyida qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют