» » Samarqandda ustiga darvoza qulab tushgan o‘quvchi vafot etdi

Samarqandda ustiga darvoza qulab tushgan o‘quvchi vafot etdi


Samarqand shahri Panjob mahallasida joylashgan 71-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi, 12 yoshli Jonibek Hamroqulov maktabga kelayotganida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi o‘zining Facebook guruhida xabar qilgan.

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilaridan birining “Kun.uz” nashriga bergan ma’lumotiga asosan, Jonibek maktabning orqa tomonidagi devorga o‘rnatilgan va qulflangan zaxira darvozadan oshib o‘tmoqchi bo‘lgan. Darvoza tayanchlari qo‘zg‘alib, metall gardish uning boshiga kelib urilgan. Shahar xalq ta’limi bo‘limi mutasaddisining ta’kidlashicha, Jonibek RShTYoIM Samarqand filialiga olib ketilayotganida “tez yordam” mashinasi ichida hayotdan ko‘z yumgan.

Voqea yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют