» » Turkiya hukumati 15-iyul voqealariga aloqador kishilarni hibsga olishda davom etmoqda

Turkiya hukumati 15-iyul voqealariga aloqador kishilarni hibsga olishda davom etmoqda


Izmir shahri bosh prokuraturasi davlat to‘ntarishiga urinish va “Fathullohchilar terrorchilik tashkiloti” (FETO) faoliyati borasida ochilgan jinoiy ish doirasida 96 kishini hibsga olish uchun order chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xabar qilinishicha, ularning aksariyati — xizmatdan chetlashtirilgan harbiylar. Ayni kuncha 65 kishi qo‘lga olingan. Hibsga olish ishlari Izmir va Turkiyaning 14 viloyatida olib borilmoqda.

Gumon qilinayotganlarning besh nafari FETO faoliyatini muvofiqlashtiruvchi imomlar hisoblanadi. Ular mamlakat harbiy-havo kuchlari ofitserlari bilan aloqa o‘rnatganlikda gumon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 15-iyul kuni Turkiya harbiy-havo kuchlarining bir guruh askar va ofitserlari davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish qilgan. Asosiy voqealar Istanbul va Anqara shaharlarida yuz bergan. 250 kishi halok bo‘lgan. 2 mingdan ortiq kishi yaralangan.

To‘ntarish tashkilotchisi sifatida siyosatchi va diniy rahnamo Fathulloh Gulen gumon qilinmoqda. Gulen 1999-yildan buyon AQShda yashagan.

Qo‘zg‘olondan keyin 50 ming kishi hibsga olingan. Davlat muassasalari 140 ming kishini ishdan chetlashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют