» » Bayram kunlari Toshkentning bir necha nuqtasidan mushaklar otiladi

Bayram kunlari Toshkentning bir necha nuqtasidan mushaklar otiladi


Toshkent shahar hokimligi bayram kunlari uyushtiriladigan mushakbozlik shoularining sonini va sifatini oshirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda hokimlik saytida ma’lum qilindi.

“Toshkent shahar hokimining poytaxt aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida yig‘ilganlar tomonidan har qanday tadbirning ko‘rki bo‘lmish bayram mushakbozligini yanada go‘zal va xilma-xil qilish, poytaxtimiz hududi kattaligini hisobga olib shaharning besh-olti joyida ushbu tadbirni amalga oshirish taklifi bildirildi”, — deyiladi xabarda.

Saytga kelib tushayotgan fikrlarning asosiy qismi ham aynan shunday mazmunda. Ushbu takliflarni o‘rganib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligi poytaxtda o‘tkaziladigan kelgusi bayramlarda otiladigan mushaklarning sifatini va go‘zalligini, zamonaviy shakllarda aks etishini xalqaro darajaga ko‘tarishni va otiladigan mushaklarning sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, shahar aholisi va mehmonlari mushakbozlikdan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun poytaxtning bir nechta hududlarida o‘tkazilishi ko‘rib chiqilmoqda.

“Poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan har bir bayramlarda, siz aziz shahrimiz aholisi va mehmonlariga o‘zgacha bir kayfiyat bag‘ishlash maqsadida, Toshkent shahar hokimligi bor imkoniyatini ishga soladi”, — deyiladi e’londa.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют