» » Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblanayotgan Aramais Avakyan manzil-koloniyaga o‘tkazildi

Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblanayotgan Aramais Avakyan manzil-koloniyaga o‘tkazildi


3-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida Jinoyat ijroiya kodeksining 113-moddasiga muvofiq (manzil-koloniyalarda jazoni o‘tash tartiblari), mahkum Aramais Avakyanni umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga o‘tkazish haqida hukm chiqardi. Bu haqda, O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Aramais Avakyan (1982-yilda Ozarbayjonda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi) 2016-yil 19-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161 (qo‘poruvchilik), 169 (o‘g‘rilik), 244?1 (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244?2 (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalari bo‘yicha aybdor deb topilib, yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Manzil-koloniyada Aramais Avakyan qolgan 4 yil 5 oy va 1 kunlik jazo muddatini o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют