» » Toshkentda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi


14-may kuni Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy: ‘Bir makon, bir yo‘l’ tashabbusini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjuman O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Konferensiya ishida Xitoyning yetakchi tadqiqot markazlari ekspertlari, xorijiy diplomatik muassasalar rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют