» » Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofotini qo‘lga kiritdi

Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofotini qo‘lga kiritdi


O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofotini qo‘lga kiritdi, deb yozadi UzDaily.

The Best Award mukofotini topshirish marosimi Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tdi. Lola Karimova-Tillayevaga mukofot uning ko‘p yillik xayriya faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston madaniyati va san’atini Yevropada targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun berildi.

The Best Award mukofoti 1977-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, u har yili topshiriladi. Turli yillarda unga Karl Lagerfeld, Omar Sharif, Endi Uorxol, Mari-Xelen de Rotshild kabi mashhur shaxslar sazovor bo‘lgan.

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistondagi ikkita yirik xayriya tashkilotlari — “Sen yolg‘iz emassan” fondi va Respublika bolalar ijtimoiy adaptatsiya markazi rahbari hisoblanadi.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют