» » Toshkentda Chingiz Aytmatovga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvonini berishni taklif qilishdi

Toshkentda Chingiz Aytmatovga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvonini berishni taklif qilishdi


Toshkentda Chingiz Aytmatovga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvonini berishni taklif qilishdi, deb yozadi “Kabar”.

Bunday taklifni taniqli o‘zbek adabiyotshunosi, “Manas” eposini tadqiq qilish bo‘yicha mutaxassis va eposning o‘zbek tiliga tarjimoni, filologiya fanlari nomzodi, “O‘zbekiston — Qirg‘iziston” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Zuhriddin Isomiddinov Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilgan ijodiy kechada kiritdi.

“Chingiz Aytmatovning insoniyat ma’naviy madaniyati rivojiga, o‘zbek badiiy adabiyotiga, shuningdek, dunyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasini hisobga olib, buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvonini berish adolatli bo‘lar edi”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют