» » Olimlar soch to‘kilishiga qarshi yangi dori topdi

Olimlar soch to‘kilishiga qarshi yangi dori topdi


Tadqiqotlar chog‘ida britaniyalik olimlar osteoporozni davolash uchun ishlatiladigan doridan soch tushishi oldini oluvchi dori sifatida foydalanish mumkinligini aniqladi. Ilmiy ish PLOS Biology jurnalida chop etildi, deb yozadi “Nur.kz”.

Ma’lum bo‘lishicha, doridagi tarkibiy qismlardan biri soch o‘sishini sekinlashtirib kallikka olib keluvchi oqsilga ta’sir qiladi.

Tadqiqot rahbari — Manchester universiteti olimi Neyten Xokshou dori soch to‘kilishidan azob chekuvchi kishilarga yordam bera olishini tasdiqladi. Ammo uning samarasini isbotlash va ehtimoliy qo‘shimcha ta’sirlarini aniqlash uchun ko‘ngillilar ishtirokida klinik sinovlar o‘tkazish kerak.

Ayni vaqtda soch to‘kilishini davolovchi dori bor-yo‘g‘i ikkita. Minoksidildan ayollar ham, erkaklar ham foydalanishi mumkin, finasterid faqat erkaklar uchun mo‘ljallangan. Ammo ikkala dori ham doim ham samara beravermaydi va bir qator qo‘shimcha ta’sirlarga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют