» » Jahon Chempionati ishtirokchilarining eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari ma’lum bo‘ldi

Jahon Chempionati ishtirokchilarining eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari ma’lum bo‘ldi


Niderlandiyaning Zoomin TV Jahon Chempionati ishtirokchilarining eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylarini e’lon qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov 3,8 million yevro bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinni Braziliya terma jamoasi ustozi Tite va Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham egallab turibdi. Har ikkala mutaxassis ham yiliga 3,4 million yevro maosh oladi.

To‘rtinchi o‘rinda esa 2,9 million yevro maosh bilan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bormoqda. Beshinchi o‘rinni Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov yillik 2,5 million yevro maosh bilan egallab turibdi.

Reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Yoaxim Lyov (Germaniya, yiliga 3,8 million yevro)

2-3. Tite (Braziliya, 3,4)

2-3. Didye Desham (Fransiya, 3,4)

4. Xulen Lopetegi (Ispaniya, 2,9)

5. Stanislav Cherchesov (Rossiya, 2,5)

6. Fernandu Santush (Portugaliya, 2,18)

7-8. Karlush Keyrush (Eron, 1,9)

7-8. Garet Sautgeyt (Angliya, 1,9)

9. Xorxe Sampaoli (Argentina, 1,77)

10. Oskar Tabares (Urugvay, 1,7)

11-12. Ektor Kuper (Misr, 1,5)

11-12. Xose Pekerman (Kolumbiya, 1,5)

13. Xuan Pitssi (Saudiya Arabistoni, 1,4)

14. Bert van Marveyk (Avstraliya, 1,17)

15. Rikardo Gareka (Peru, 1,1)

16. Xuan Osorio (Meksika, 1)

17-18-19. Oge Xareyde (Daniya, 0,925)

17-18-19. Akira Nisino (Yaponiya, 0,925)

17-18-19. Roberto Martines (Belgiya, 0,925)

20. Vladimir Petkovich (Shveysariya, 0,845)

21. Erve Renar (Marokko, 0,778)

22. Xeymir Xadlgrimsson (Islandiya, 0,697)

23. Zlatko Dalich (Xorvatiya, 0,546)

24. Gernot Ror (Nigeriya, 0,497)

25-26. Yanne Andersson (Shvetsiya, 0,448)

25-26. Sin Txe Yen (Janubi Koreya, 0,448)

27. Ernan Gomes (Panama, 0,398)

28-29. Nabil Maalul (Tunis, 0,348)

28-29 Oskar Ramires (Kosta-Rika, 0,348)

30. Mladen Krstaich (Serbiya, 0,298)

31. Adam Navalka (Polsha, 0,268)

32. Aliu Sisse (Senegal, 0,2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют