» » Hakamga tashlangan Arda Turan 16 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi (video)

Hakamga tashlangan Arda Turan 16 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi (video)


Turkiya futbol federatsiyasi qoshidagi intizom qo‘mitasi tomonidan “Istanbul” jamoasi yarim himoyachisi Arda Turan mamlakat chempionati 32-tur doirasida “Sivasspor” ga qarshi uchrashuvda (1:1) hakamga qilgan nojoiz harakatlari uchun jiddiy jazolandi, deb yozadi “Sports.ru”.

31 yoshli turkiyalik futbolchi uchrashuvning 70-daqiqasida maydonga tushgandi. U qo‘shimcha daqiqalarda qanot hakamini turtgani va bosh hakamga bildirgan e’tirozi uchun maydondan chetlatilgan edi.

Futbolchi laynsmenni turtgani uchun 10 ta o‘yinga va hakamga tahdid qilgani uchun esa 6 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek, Arda yana 7,7 ming yevro jarima ham to‘laydi.

Shu tariqa Arda Turan joriy mavsum so‘nggi 2 ta tur va yangi mavsumning birinchi davrasidagi barcha o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют