» » Muhammad Saloh “Liverpul”da yil o‘yinchisi deb topildi

Muhammad Saloh “Liverpul”da yil o‘yinchisi deb topildi


Mavsum yakuniga ko‘ra, “Liverpul” jamoaning eng yaxshi o‘yinchilarini mukofotladi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

Muxlislar va futbolchilar tanloviga ko‘ra, jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb Muhammad Saloh topildi. Eng yaxshi yosh o‘yinchi sifatida 19 yoshli Trent Aleksander-Arnold e’tirof etildi.

Misrlik futbolchi, shuningdek, muxlislar tomonidan 7-marta oyning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida ko‘rsatildi. Ma’lumot uchun Muhammad Saloh joriy mavsum APLning 35 ta uchrashuvida maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Aleksander-Arnold esa 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют