» » O‘zbekistonda aholiga oltin yombilarni investitsiya sifatida sotib olishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda aholiga oltin yombilarni investitsiya sifatida sotib olishga ruxsat berilishi mumkin


O‘zbekistonda aholiga oltin yombilarni investitsiya sifatida sotib olishga ruxsat berish taklif etilmoqda, deb yozadi UzDaily. O‘zbekiston Markaziy banki “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.

Hujjatda aytilishicha, muomalaga chiqarilgan yombilar jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan investitsiyalar sifatida foydalanilishi (sotib olinishi) mumkin.

Yombilar aylanmasini ta’minlash maqsadida, tijorat banklari tomonidan qonunchilikka muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiladigan egasiz metall hisoblardan foydalanish mumkin.

Qonun loyihasida aytilishicha, qimmatbaho metallarni qazib chiqarish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qimmatbaho metallar og‘irligiga tenglashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют