» » O‘zbekistonda avtomobil ijarasini soddalashtirish ustida ishlashmoqda

O‘zbekistonda avtomobil ijarasini soddalashtirish ustida ishlashmoqda


O‘zbekistonda avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olish tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Spot. Bu Prezidentning “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Loyiha jismoniy shaxslar tomonidan avtomobilni ijaraga olish shartnomasini rasmiylashtirishni soddalashtirishni taklif qiladi. Agar taklif etilayotgan o‘zgarishlar ma’qullansa, O‘zbekiston fuqarolari va sayyohlar notarial tasdiqsiz va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, avtomobilni 30 kungacha ijaraga olishi mumkin bo‘ladi.

Deputatlar ushbu turdagi xizmatni ko‘rsatuvchi kompaniyalar soni o‘sishi zarurligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют