» » Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari yaxshi ekanligini ma’lum qildi

Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari yaxshi ekanligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Indianadagi tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlayotib, o‘zining KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi munosabati haqida gapirib berdi, deb yozadi “Vedomosti”.

“Men tinchlikning kelajagini va global gullab-yashnashni ta’minlash uchun Kim Chen In bilan uchrashaman, va bizning aloqalarimiz yaxshi”, — dedi Tramp.

AQSh prezidenti ularning bo‘lg‘usi uchrashuvida “juda yaxshi bir narsa” yuz berishini va’da qildi.

Avvalroq Tramp o‘z Twitter’ida Kim Chen In bilan uchrashuv 12-iyunda Singapurda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilib, “Ikkalamiz ham buni dunyo tinchligi uchun o‘ziga xos fursatga aylantirishga harakat qilamiz”, — deb va’da bergandi.

Keyinroq Singapur tashqi ishlar vazirligi Tramp va Kim Chen In 12-iyun kuni uchrashishini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют