» » Bekobodda Nexia haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida YTH sodir etdi. Qurbonlar bor

Bekobodda Nexia haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida YTH sodir etdi. Qurbonlar bor


9-may kuni soat 06:00 larda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Nexia rusumli avtomashina tuman hududidan o‘tuvchi “Qorasuv—Bo‘ka—Bekobod” avtomobil yo‘lining 71-kilometrida avariyaga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil haydovchisi uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetidagi sim yog‘ochga urilgan. Natijada haydovchi hamda mashina ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Qolgan 2 yo‘lovchi tan jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют