» » “Mirobod bozori”da — yangi shoxobcha!

“Mirobod bozori”da — yangi shoxobcha!


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ning infratuzilmalari tarmog‘i va xizmatlari ko‘lami muttasil kengayib bormoqda. Bunda O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.

Joriy yilning 10-mayidan poytaxtimizdagi “Mirobod” dehqon bozori hududidagi “Mirobod” mini-bankida jismoniy shaxslarga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yana bir shoxobcha tashkil qilindi. Shu orqali ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari soni 42 taga yetkazildi.

Hozirgi kunda bank shoxobchalarida soat 09:00 dan 18:00 gacha Western Union, Money Gram, “Zolotaya korona”, Contact va “Aziya-ekspress” tizimlari orqali aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha malakali xizmatlar ko‘rsatilmoqda. E’tiborlisi, bankning 19 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalarida joriy yilning may oyidan boshlab shanba va yakshanba kunlari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Bank shoxobchalarida fuqarolar xalqaro pul o‘tkazmalari uchun mablag‘larni milliy valyuta – so‘mda (naqd shaklda va bank plastik kartalari orqali) to‘lab, chet elga jo‘natishi hamda yuborilgan pul mablag‘larini xorijda qabul qilib oluvchi fuqaro o‘sha davlat pul birligida yoki AQSh dollari, yevroda olishi mumkin. Bunda xorijiy valyuta fuqaroning xohishiga ko‘ra tanlanadi.

Shu bilan birga, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida xorijiy davlatdan yuborilgan valyuta mablag‘larini milliy valyutada (naqd shaklda yoki bank plastik kartalariga o‘tkazib berish) taqdim qilish imkoniyati yaratilgan. Bu amaliyotlar sanoqli daqiqalar ichida, tezkor va sifatli bajariladi.

Eslatib o‘tish joiz, xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha mazkur amaliyotlar bajarilishida ATB “Qishloq qurilish bank”ning amaliyot kunidagi xorijiy valyutaning sotish va xarid qilish bo‘yicha kurslari asosida amalga oshiriladi.

Bankda “Bivalyuta” xizmat turi orqali “Zolotaya korona” tizimidan xalqaro pul o‘tkazmalari hech qanday vositachilik to‘lovlarisiz, mutlaqo bepul o‘tkaziladi. Bunda Sizning O‘zbekistondan jo‘natgan milliy yoki naqd xorijiy valyutangiz xorijiy davlat banklari tomonidan xorijiy davlatning milliy valyutasida oluvchiga to‘lab beriladi.

Western Union, Money Gram xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali yuboriladigan jo‘natmalar uchun komissiyalar miqdori jo‘natma yuborilayotgan davlat va pul miqdoriga qarab belgilanadi.

“Zolotaya korona”, Contact va “Aziya-ekspress” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali yuboriladigan jo‘natmalar uchun 1 foiz miqdorida komissiya undiriladi.

Kelgusida bankning doimiy xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalari sonini ko‘paytirish va xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilangan.

“Qishloqqurilishbank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998(71) 150-93-39, 150-76-59.

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют