» » Qirg‘iziston hududiga o‘tgan o‘zbekistonliklar 5 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tmasa jarimaga tortiladi

Qirg‘iziston hududiga o‘tgan o‘zbekistonliklar 5 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tmasa jarimaga tortiladi


Qirg‘iziston hukumatining 2016-yil 19-dekabrdagi 689-sonli “Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Qirg‘iziston hududida ro‘yxatdan o‘tishi” to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Qirg‘iziston qonunchiligida belgilangan 10 000 qirg‘iz so‘mi miqdorida (salkam 1,2 million so‘m) jarima jazosi qo‘llaniladi.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan yoki elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +996 (312) 986-296.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют