» » 12-may kuni Toshkentda pitssa festivali bo‘lib o‘tadi

12-may kuni Toshkentda pitssa festivali bo‘lib o‘tadi


12-may kuni Toshkentdagi “Anhor Lokomotiv” bog‘ida ertalab soat 10:00 dan kechqurun 22:00 gacha pitssa festivali bo‘lib o‘tadi. Mazkur festivalning tashkilotchisi “Chopar” kompaniyasi hisoblanadi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

“Festival maqsadi — pitssa va pitssa ishlab chiqaruvchilarning madaniyatini kengaytirish va sanoatni rivojlantirish uchun birlashtirish. Shubhasiz, O‘zbekistonda pitssa juda mashhur emas va keng tarqalmagan. Ko‘pgina odamlar orasida bu mahsulot qimmat va ‘xorijiy’ degan fikr bor. Aslida, pitssa — bu bir kishi uchun emas, butun bir jamoa to‘yishi mumkin arzon mahsulot. Biz bir joyda shahrimizning turli pitssachilarini to‘plashni istaymiz, maqsadimiz sanoatni birgalikda rivojlantirish va rag‘batlantirish”, — deydi festivalning loyiha menejeri Shirin Ohunjonova.

Festival yarmarka formatida bo‘lib o‘tadi va bog‘ning barcha hududlari qamrab olinadi. Hududlar esa maxsus zonalarga bo‘linadi:

Festival ishtirokchilari, festivalning maxsus narxida pitssa tayyorlaydilar va sotadilar. Asosiy narxidan 20% chegirma.

Mahorat darslari zonasi. Dastur festival o‘tish vaqtini to‘la qamrab olgan holda, turli mavzularda bo‘lib o‘tadi. Har bir master-klass bir soat davom etadi. Yetakchi kompaniyalar orasida mahalliy hamda xorijiy pitssa sanoati vakillari ham bo‘ladi.

Bu zona bog‘ning amfiteatrida joylashgan bo‘lib, kun davomida bolajonlarimiz uchun bir biridan qiziqarli, turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Bu zona imkoniyati cheklangan bolalar tomonidan yasalgan mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda savdosi uchun mo‘ljallangan. Shuningdek bog‘ning barcha hududlariga maxsus xayriya qutilari ham joylashtiriladi. Bundan tashqari, maxsus taklif etilgan ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqariladigan pitssalar xayriya auksion sifatida sotiladi. Barcha tushumlar saraton kasaliga chalingan bemorlarni davolanish uchun ajratiladi.

Kun davomida sayilgohning katta sahnasida o‘zbek estradasi yulduzlari va ko‘plab raqs guruhlari festival mehmonlariga xushkayfiyat ulashishga harakat qiladilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют