» » YeTTB O‘zbekistonga investitsiya kiritishni qaytadan boshlaydi

YeTTB O‘zbekistonga investitsiya kiritishni qaytadan boshlaydi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda, dedi Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova “Jahon” AAga bergan intervyusida. U Toshkentga 6-fevral kuni hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun tashrif buyurdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Ayni vaqtda o‘zbek tomoni bilan hamkorlikda hamkorlikning ustuvor jihatlarini aniqlab olmoqdamiz, — dedi Natalya Xanjenkova O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar natijalari bo‘yicha so‘zlar ekan. — Hukumat bilan maslahatlashuvlar asosida YeTTB o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy mablag‘larni investitsiya qilishi mumkin bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotining aniq sohalarini belgilab olmoqdamiz”.

Mazkur bosqichda hamkorlikning ustuvor sohalari kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi, deya qayd etdi YeTTB boshqaruv direktori. U tomonlar iqtisodiyotning an’anaviy sohalarini cheklashni mo‘ljallamayotgani, balki yangi innovatsion yo‘nalishlarni izlayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Zamonaviy sharoitlar hamkorlikning holati va istiqbollariga yangicha nazar tashlashga imkon tug‘dirmoqda. Biz O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatlar to‘qnashgan sohalarda uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqdamiz”, — dedi Natalya Xanjenkova.

O‘zbekiston va YeTTB hamkorligining hal etilishi YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining Toshkentga tashrifiga xizmat qilishi lozim, deya qo‘shimcha qildi u.

YeTTB 1991-yilda bozor iqtisodiyoti va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbekiston YeTTBga 1992-yilda a’zo bo‘lgan. Bank respublikada 55 ga yaqin loyihani amalga oshirish uchun umumiy miqdorda 900 million yevroga yaqin mablag‘ni investitsiya qilgan. YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha so‘nggi strategiyasi 2005-yilning yozida qabul qilingan va so‘nggi loyiha 2007-yilda yakuniga yetgan.

Ayni paytda YeTTBning O‘zbekistondagi faoliyati faqatgina mavjud investitsiyalar portfelini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, uning miqdori 5 ta loyiha bo‘yicha 8 million yevroni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют