» » Janubiy Koreyani taslim etishda jonbozlik ko‘rsatgan Denis Istomin ATP reytingida yanada ko‘tarilib oldi

Janubiy Koreyani taslim etishda jonbozlik ko‘rsatgan Denis Istomin ATP reytingida yanada ko‘tarilib oldi


O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ATP reytingida yana uch pog‘ona yuqorilashga erishdi. Bunga uning Devis kubogidagi muvaffaqiyatli yurishi sabab bo‘ldi.

Australian open—2017 dagi munosib ishtirokidan keyin Istomin kattagina o‘sishga erishib, yuztalikka kirib olgan va 80-o‘rindan joy egallagandi. Bir hafta ichida uning natijasi 77-o‘ringa qadar yaxshilandi.

Istomin Devis kubogida O‘zbekiston terma jamoasini navbatdagi bosqichga olib chiqqan 3 ochkoni olib berishga muvaffaq bo‘ldi. Janubiy Koreyaga qarshi to‘qnashuvlar Sanjar Fayziyevning mag‘lubiyati bilan boshlangan bo‘lsa-da, keyinroq Istomin ketma-ket ikki raqibdan ustun keldi. Juftlikda esa o‘sha Sanjar Fayziyev bilan tandem hosil qilib, yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Sanjar Fayziyevning o‘zi ATP reytingida to‘rt pog‘ona sho‘ng‘ib, 371-o‘ringa kelib joylashdi.

Tennischilar reytingining dastlabki o‘ntaligida o‘zgarish yo‘q. Unda britaniyalik Endi Marri peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Istominga imkoniyatni boy berib Avstraliya ochiq chempionatidan chiqib ketgan Novak Jokovich 2-o‘rindan joy olgan. Keyingi pog‘onalardan Stan Vavrinka (Shveysariya), Milosh Raonich (Kanada), Kei Nisikori (Yaponiya), Rafael Nadal (Ispaniya), Marin Chilich (Xorvatiya), Dominik Tim (Avstriya), Gael Monfis (Fransiya) hamda Rojer Federer (Shveysariya) kabi raketka ustalari joy olgan.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют