» » Peugeot Citroen Automotive va Jizzax politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Peugeot Citroen Automotive va Jizzax politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


2018-yilning 3-may kuni Jizzax viloyatidagi Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov hamda Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive MChJ QK boshqaruv direktori Erkinjon Yunusov o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar beradi UzAuto.

Mazkur memorandumning asosiy maqsadi qilib Jizzax politexnika instituti talabalarini innovatsion texnologik o‘quv dasturlarda o‘qishlarini tashkil etishda ko‘maklashish hamda jahonning eng so‘nggi zamonaviy uskunalarida o‘quv amaliyotlarini o‘tash imkoniyatini yaratishdir.

Bundan tashqari tomonlar turli texnologik tajribalar almashish maqsadida ishchi aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, sermahsul hamkorlik va birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish uchun sharoit yaratishda ko‘maklashib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 16-may kuni “O‘zavtosanoat” AJ hamda Peugeot Citroen Automobiles S.A (Fransiya) kompaniyasi o‘rtasida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida, ustav jamg‘armasi, ekvivalenti 29,3 million yevro miqdoridagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют