» » Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistondan urug‘lar importini yo‘lga qo‘ymoqchi

Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistondan urug‘lar importini yo‘lga qo‘ymoqchi


O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Umarov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Umarov suhbat chog‘ida O‘zbekiston urug‘lar eksporti salohiyatini yanada kuchaytirishni maqsad qilganini alohida ta’kidladi.

“O‘z navbatida Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatining ma’lum qilishicha, xitoy tomoni urug‘chilik sohasida yangi tizim asosida ish olib bormoqda. Ya’ni xitoylik mutaxassislar urug‘larni chet davlatlarda o‘zlari yetishtirib, keyin yurtlariga import qilishmoqda. Ya’ni mazkur tartibda ish olib borish har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘layotganini ta’kidlashdi”, — deyiladi xabarda.

Baxtiyor Umarov ayni yo‘nalishda xitoylik mutaxasislar bilan hamkorlik qilishga O‘zbekiston tomoni tayyor ekanini bildirib, urug‘chlik yangi navlarni yaratish borasidagi ilmiy ishlarni birgalikda olib borishni taklif etdi.

Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari mazkur taklifni iliq qabul qilib, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan delegatsiya tarkibiga vazirlikning maxsus ishchi guruhi ham kiritiladigan bo‘ldi. Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda urug‘larning yangi navlarini yaratish, shuningdek mavjud laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bayon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют