» » “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida un ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida un ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi


“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yiliga 72 ming tonna un va un mahsulotlari tayyorlash imkoniyatiga ega “Admiral group” MChJ ish boshladi. Yangi korxonada 50 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Turkiya texnologiyalari asosida jihozlangan zamonaviy korxonada kuniga 200 tonna bug‘doy qayta ishlanib, oliy va birinchi navli un, bir necha turdagi un mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bu yiliga 700 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilish imkonini beradi.

“Eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 15 nafar yosh mutaxassisimiz Toshkentda marketing hamda menejment sohasida malaka oshirmoqda. Tez orada korxonaning ikkinchi tarmog‘i ishga tushirilib, yana 30 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi hamda mahsulotlar turi yanada ko‘paytiriladi”, – deydi korxona rahbari Shavkat Yunusov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют