» » Tokio Janubiy Kuril orollarini “Yaponiyaning azaliy hududlari” deb atadi

Tokio Janubiy Kuril orollarini “Yaponiyaning azaliy hududlari” deb atadi


Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida Kuril orollarining janubiy qismini “Yaponiyaning azaliy hududi” deb atadi va Rossiya bilan tinchlik haqidagi shartnoma tuzish masalasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni yoqlab chiqdi, deb yozadi “TASS”.

“Shimoliy hududlar — bu Yaponiyaning azaliy hududlari. Biz tinchlik bitimini imzolash hamda yangicha yondashish asosida to‘rtta shimoliy orollarning kimga tegishliligi muammosini hal etish maqsadida Rossiya bilan muzokaralarni davom ettirishni yoqlab chiqamiz”, — dedi Kisida.

U, shuningdek, tinchlik bitimi masalasida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama muloqotni davom ettirish niyatini bildirdi.

Moskva va Tokio o‘tgan asr o‘rtalaridan buyon Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha tinchlik shartnomasini ishlab chiqish masalasida tanaffuslar bilan maslahatlashuvlar olib bormoqda. Bunga Kurilning janubiy qismi kimga tegishliligi muammosi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют