» » Qarshidagi gollarga boy o‘yinda “Nasaf”? “Paxtakor”ga yutqazib qo‘ydi

Qarshidagi gollarga boy o‘yinda “Nasaf”? “Paxtakor”ga yutqazib qo‘ydi


Bugun, 11-may sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 11-tur bahslari davom ettirilmoqda.

Kun taqvimidan ikki uchrashuv o‘rin olgandi.

Ulardan birinchisi — Qarshidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Nasaf” o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Gol muallifi Jaloliddin Masharipov. Oradan 2 daqiqa o‘tib mezbonlar hisobni tenglashtirishga erishdi. Gol G‘olib G‘aybullayev hisobiga yozildi. 38-daqiqaga kelib Dragan Cheranning uzatmasini Bobir Abduxoliqov golga aylantirib “Nasaf”ni hisobdga oldinga olib chiqdi. Ammo qarshiliklarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 41-daqiqada “sherlar”ning portugaliyalik legioneri Ismoil Gonsalvesh hisobni tenglashtirdi.

O‘yin taqdiri Gonsalvesh tomonidan ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida hal etildi. Ismoil penaltidan gol kiritib, “Paxtakor”ning safarda muhim uch ochkoga ega bo‘lishini ta’minladi.

Ayni damda kunning ikkinchi o‘yini “Lokomotiv” hamda “Buxoro” o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

Pepsi Superliga

11-tur bellashuvlari

11-may, juma

Gollar: 0:1 — 2 Jaloliddin Masharipov, 1:1 — 4 G‘olib G‘aybullayev, 2:1 — 38 Bobir Abdixoliqov. 2:2 — 41 Gonsalvesh. 2:3 — 84 Gonsalvesh.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 5.G‘olib G‘aybullayev, 17.Doniyor Narzullayev, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov (27.Islom Rashidxonov, 77), 14.Sharof Muhitdinov (77.Jasur Hasanov, 63), 31.Saydullo Rahmatov, 10.Bobir Abdixoliqov (20.Islom Kenjaboyev, 51), 69.Dragan Cheran (s).

“Paxtakor”: 25.Eldor Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 55.Marko Simich, 4.Sherzod A’zamov, 29.Vladimir Kozakl, 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev (10.Jamshid Iskanderov, 80), 9.Jaloliddin Masharipov, 18.Bahrom Abdurahimov (22.Jasur Yaxshiboyev, 90), 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh (80.Rostin Griffits, 89)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют