» » Toshkent viloyatida bir guruh haydovchilar qoidabuzarliklari sayyor sudda ko‘rib chiqildi

Toshkent viloyatida bir guruh haydovchilar qoidabuzarliklari sayyor sudda ko‘rib chiqildi


Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘rta Chirchiq va Bekobod tumanlarida o‘tkazilgan navbatdagi profilaktika tadbirlarida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy javobgarlikka tortish bayonnomalari asosida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sud majlisida joriy yil 24-fevral kuni o‘zining boshqaruvidagi avtomashinani spirtli ichimlik iste’mol qilib boshqargan, bir qator qoidalarni buzgan Nurafshon shahrida yashovchi O.Rahimovga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun 1 yil 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Sud majlisi yakuniga ko‘ra, O‘rta Chirchiq va Bekobod tumanlari bo‘yicha yuqoridagi kabi 65 ish hujjatlari ko‘rib chiqilib, 3 nafar haydovchiga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi, 20 nafar haydovchi ma’lum muddatlarga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют