» » Kerri va Olbrayt Trampning muhojirlar bo‘yicha farmoni tanqidiga qo‘shildi

Kerri va Olbrayt Trampning muhojirlar bo‘yicha farmoni tanqidiga qo‘shildi


AQShning sobiq Davlat kotiblari Jon Kerri va Madlen Olbrayt, shuningdek, razvedka sohasining sobiq yuqori martabali vakillari prezident Trampning muhojirlar bo‘yicha farmoni tanqidiga qo‘shildi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Apellyatsiya sudiga mo‘ljallangan qo‘shma deklaratsiyada ular mazkur farmon ijrosi to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatladi. Kerri, Olbrayt va sobiq razvedkachilarga ko‘ra, “ushbu hujjat milliy xavfsizlikni qo‘poradi va o‘z burchini bajarayotgan harbiylarga tahdid tug‘diradi”.

Eslatib o‘tamiz, AQSh apellyatsiya sudi Adliya vazirligining prezident Tramp farmoni ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan Sietl federal sudi qarori ustidan bergan shikoyatini rad etdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют