» » Toshkent shahridagi Inha universitetida yosh muhandislar loyihalari namoyish etildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida yosh muhandislar loyihalari namoyish etildi


Toshkent shahridagi Inha universitetida IUT Embadded Systems Design Exhibition 2018 yillik ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatdagi kompyuter va dasturiy muhandislik sohasida tahsil olayotgan talabalarning innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etildi, deb yozadi O‘zA.

Joriy yilgi ko‘rgazmada axborotlashtirish va kompyuterlashtirish, xavfsizlik va tibbiyot sohalaridagi 20 loyiha va ishlanmalar taqdim etildi. Xususan, talabalar hakamlar hay’ati e’tiboriga “aqlli avtoturargoh”, metroda xavfsizlik va axborotni ta’minlash tizimi, ko‘zlarni mashq qildiradigan qurilma, “aqlli xona”, robotlashtirilgan qo‘l, insonning jismoniy holatini kuzatib boruvchi devays, “aqlli belanchak” kabi loyihalarni havola qildi.

Hay’at a’zolari namoyish etilayotgan loyihalarning ishlashi, imkoniyatlari va salohiyatini o‘rganib chiqib, g‘oliblarni aniqladi. Toshkent shahridagi Inha universitetining bir guruh talabalari Interactive Water Curtain (“Interfaol suv pardasi”) loyihasi bilan namoyish g‘olibi, deb topildi.

Ko‘rgazma yakunida g‘oliblarga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют