» » O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi chekka qishloqlar aholisining turmush shaoritini yaxshilashga ko‘mak beradi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi chekka qishloqlar aholisining turmush shaoritini yaxshilashga ko‘mak beradi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qishloq joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirilishiga ko‘maklashish hamda qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida “Obod xonadon – yurt taraqqiyoti” loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Loyiha doirasida yordamga muhtoj fuqarolar xonadonlarini to‘liq ta’mirlash, obodonlashtirish, shuningdek, ularning uy-joyga doir huquqlarini amalga oshirish, mazkur xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishi, shuningdek, fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish loyihaning asosiy maqsad qilib belgilangan.

Loyiha doirasida dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani “Abad makan” mahallasida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan Perixan Xalmuratova, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani, “Qorag‘uppa” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Dilshod Quvonov, Xorazm viloyati, Xonqa tumani Madir qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Shahlo Sobirova, Namangan viloyati, Norin tumani, Furqat mahallasida istiqomat qiluvchi Hanifa Rahimova, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Ulamji qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Nortoji Saidov, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Termiz” mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj Tohir Qobilov, Buxoro viloyati, Romiton tumani, Hasanobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Umid Tohirov, Andijon viloyati, Asaka tumani, “Nurafshon” mahallasida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan Nargiza Abduqodirova, Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Berdiqul Aliqulov, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Markaziy qo‘rg‘on” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Boytursin Sayfullayev, Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Toshrabot” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Abduvahob Hoshimov, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi yakka-yolg‘iz Ganda Qambarova singari fuqarolarga ko‘mak berialdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют