» » Sobiq adliya vaziri Ravshan Muhiddinov qamoqdan ozod etildi

Sobiq adliya vaziri Ravshan Muhiddinov qamoqdan ozod etildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya sobiq vaziri Ravshan Muhiddinov qamoqdan ozod etildi. Ravshan Muhiddinov pora olganlik, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilganlik va boshqa ayblovlar bilan 2011-yili qo‘lga olinib, 2012-yili sud qaroriga ko‘ra 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi, deb xabar beradi “Xabar.uz”.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining yaqinda bo‘lib o‘tgan sud majlisida sobiq amaldor reabilitatsiya qilinib, afv etilgan.

Ravshan Muhiddinov 1963-yilning 22-iyulida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1985-yili ToshDUning huquqshunoslik fakultetini, 1997-yili O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U Chilonzor tumani prokuraturasi stajyori (1985—1986-yillar), Toshkent shahar prokuraturasi tergovchisi (1986—1992-yillar), tergov bo‘limi prokurori, katta prokurori, Bosh prokuraturaning tashkiliy nazorat va tahliy boshqarmasi prokurori (1992—1995-yillar), Bosh prokuraturaning tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Prezident devonida mas’ul xodim (1997—1998-yillar), Jizzax viloyati prokurori (2000—2005-yillar), Prezident devonida mas’ul xodim (2005—2006-yillar), Bosh prokuror o‘rinbosari, Bosh prokuratura huhuridagi SVOJJDLQK departamenti direktori (2006—2007-yillar), Adliya vaziri (2007—2011-yillar) lavozimlarida ishlagan.

U 2011-yilning iyunida u Muidjon Tohiriyning o‘rniga O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlangandi. Biroq u ushbu vazifada bir yil ham ishlamay 2011-yilning 21-sentabrida Prezident farmoniga muvofiq ishdan olinib, Toshkent viloyati prokurori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi. U 2011-yilning 20-noyabrida hibsga olingan va 2012-yilning fevralida sud qaroriga muvofiq qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Ravshan Muhiddinov O‘zbekistonda xususiy notariuslarning yopilishiga olib kelgan “Notariat to‘g‘risida” qonunning tashabbuskori hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют