» » Farg‘onada yoshlar yetakchisi yetti nafar yetim va ehtiyojmand bolalarga sunnat to‘yi qilib berdi (foto)

Farg‘onada yoshlar yetakchisi yetti nafar yetim va ehtiyojmand bolalarga sunnat to‘yi qilib berdi (foto)


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tuman kengashi raisi yetti nafar ota-onasidan erta mahrum bo‘lgan va ehtiyojmand bolalarga sunnat to‘yi qilib berdi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri xabar berdi.

Xayriya to‘yi “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” deb nomlangan anjumani davomida o‘tkazildi. Mahalliy hokimlik va tadbirkorlar ko‘magida tashkillangan to‘y tadbirida bolalarning yaqin qarindoshlari va sinfdosh do‘stlari mehmon bo‘ldi.

“Sunnat to‘yi bo‘layotgan bolalar orasida o‘quvchim Rustamjon ham bor. Taniqli san’atkorlar ishtirok etgan bunday fayzli to‘yni, bolalarga berilgan sovg‘alarni, e’tiborni ko‘rib ko‘zlarimga yosh keldi”, — deydi 33-maktab o‘qituvchisi Mohira Hojiboyeva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют