» » Isroil parlamenti Falastin arablari yerlaridagi manzilgohlarni qonuniylashtirdi

Isroil parlamenti Falastin arablari yerlaridagi manzilgohlarni qonuniylashtirdi


Isroil parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan ikkinchi va uchinchi o‘qishda Falastin arablari yerlarida qurilgan manzilgohlarni qonuniylashtiruvchi qonun loyihasini qabul qildi, deb yozadi “RBK”. Qonun ushbu hududlarda barpo etilgan 4 mingga yaqin manzilgohga daxldor.

Qonun loyihasini yoqlab Knessetning 60 deputati ovoz berdi, 52 nafari qarshi chiqdi. Qonun tashabbukorlaridan biri, “Bayt Iyegudi” partiyasidan Betsalel Smotrich ovoz berish kunini tarixiy deb atadi.

O‘z navbatida, muxolifat yetakchilaridan biri Itsxak Gersog qonunni “de-fakto anneksiya (bosib olish)” deb atadi.

Qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, davlat Falastin arablariga tegishli yerlarda qurilgan yahudiy aholi punktlarini buzmaydi. Ammo qonun faqat davlat tashabbusi bilan barpo etilgan qishloqlar uchungina amal qiladi. Ko‘chmanchilar o‘z tashabbusiga ko‘ra barpo etilgan manzilgohlar uchun qonunning ta’siri yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashi Isroil okkupatsiya qilingan hududlarda manzilgohlar barpo etishi qoralangan rezolyutsiyani qabul qilgan edi.

 

Опубликовано: admin (7-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют