» » Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi

Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi


Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori e’lon qilindi, deb xabar berdi O‘zA.

Xalqimiz uchun ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyining ijtimoiy hayotimizda o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash borasidagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda hamda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning tinchlik, bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalarini keng targ‘ib etish, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:

1. 2018-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17-may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan ezgu g‘oyalar, dinimiz arkonlarini e’zozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bo‘lib yashashga da’vat etadigan, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют