» » Nikkei: Tramp va Kim Chen In Koreya urushi tugaganligini e’lon qiladi

Nikkei: Tramp va Kim Chen In Koreya urushi tugaganligini e’lon qiladi


AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida Koreya urushining tugatilgani e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda Nikkei gazetasiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Yapon gazetasida yozilishicha, AQSh KXDR bilan to‘liq denuklirizatsiya muddatlarini aniq belgilab olish niyatida. Yaponiya mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi va aniq muddat etib 2020-yil belgilanishini taklif etadi. Ushbu davr Amerikada navbatdagi prezidentlik saylovi vaqtiga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin.

Donald Tramp “muhim bitim” deya atagani uchrashuv yakuniga ko‘ra, Koreya urushining tugaganligi borasidagi e’lon bo‘lishi mumkin. Shundan keyingina sulh bitimidan tinchlik kelishuviga rasman o‘tish haqida gapirish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют