» » Olmaliqda Rossiyaning “MISiS” universiteti filiali ochiladi

Olmaliqda Rossiyaning “MISiS” universiteti filiali ochiladi


O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, Olmaliqda Rossiyaning “MISiS” universiteti filiali ochiladi, deb xabar berdi O‘zA.

Qarorga ko‘ra, ushbu filial Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning alohida tarkibiy bo‘linmasi hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, ta’limning kelishilgan asosiy yo‘nalishlari (mutaxassislik) bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanishi qayd etildi.

Filialga tekin foydalanish uchun Navoiy davlat konchilik institutining Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 56-uy manzilida joylashgan binosi hamda 2017/2018-o‘quv yili yakuni bo‘yicha faoliyati tugatilayotgan Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko‘chasida joylashgan binosi berilishi belgilandi.

2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda filial tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanadi.

Filialga 2018/2019-o‘quv yili uchun ta’limning kunduzgi shakli bo‘yicha qabul kvotasi jami 150 kishi, jumladan, bakalavriatning “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 75 kishi, “Metallurgiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 50 kishi, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 25 kishi etib belgilandi.

Shuningdek, filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda “MISiS” MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshirilishi; abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi “MISiS” MTTU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi; filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS” MTTUning belgilangan namunadagi diplomi berilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют