» » “Elparvar” filmi uchun Xivada katta qishloq quriladi

“Elparvar” filmi uchun Xivada katta qishloq quriladi


“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan “Elparvar” filmining suratga olish ishlari boshlandi. Film ikkinchi rejissori Dilbar Yusupova film haqida jurnalist Feruz Muhammadga quyidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.

“Elparvar” filmining suratga olish ishlari 1-maydan boshlandi. Bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov, hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishmoqda. Bundan tashqari Fotih Jalolov, Alisher Uzoqov, Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, Tohir Saidov singari professional aktyor-aktrisalar ham bosh rollarni ijro etishadi. Suratga olish ishlari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Film uchun juda ham katta dekoratsiya, ya’ni Xiva shahrida katta qishloq qurilmoqda. Suratga olish ishlari 2018-yilning iyul oyiga qadar davom etadi. Film operator Rustam Murodov tomonidan suratga olinmoqda.

Dilbar Yusupova, “Elparvar” filmining ikkinchi rejissori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют