» » General Jozef Votel AQSh prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini Shavkat Mirziyoyevga yetkazdi

General Jozef Votel AQSh prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini Shavkat Mirziyoyevga yetkazdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votelni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik ayniqsa siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etgan.

Uchrashuvda xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Mintaqada barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurash, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

“General Jozef Votel O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, AQSh prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

AQSh joriy yil mart oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashi va qo‘llab-quvvatlashi qayd etilgan.

Ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Afg‘oniston va butun Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari yo‘lida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlangan.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Prezidentining AQShga kutilayotgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston—Amerika hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishiga qat’iy ishonch bildirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют