» » NASA Marsga vertolyot yuboradi

NASA Marsga vertolyot yuboradi


NASA kosmik agentligi “Mars—2020” missiyasi doirasida Marsga kichik vertolyot yuborishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

NASA ushbu vertolyot yordamida havodan og‘irroq apparatlarning Mars atmosferasida parvoz qila olish imkoniyatlarini tekshirib ko‘rmoqchi.

“30 kunlik sinovlar beshta parvozni o‘z ichiga olgan bo‘lib, har bir parvoz avvalgisidan ko‘ra uzoqroq (bir necha yuz metrgacha) va davomiyroq (90 soniyagacha) bo‘ladi. Birinchi parvoz vaqtida apparat uch metr balandlikka ko‘tarilishi va 30 soniya davomida havoda bo‘lishi kerak”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

“Mars—2020” missiyasi doirasida Marsga 2011-yildan beri sayyora sathida ishlab kelayotgan Curiosity roveriga o‘xshash marsoxod yuborilishi rejalashtirilgan. Rover sayyora geologiyasini o‘rganishi, undagi hayot izlarini tadqiq etishi, shuningdek, tabiiy resurslar va inson duch kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni baholashi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют