» » “Bunyodkor” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga safarda “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

“Bunyodkor” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga safarda “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi


Hozirgina O‘zbekiston Pepsi Superligasining 11-tur bahslari doirasida yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Bunyodkor” o‘rtasida kech?gan uchrashuvda mehmonlarning qo‘li baland keldi. Avvaliga birinchi bo‘limning 39-daqiqasida Javlon Ibrohimov gol urib, “qaldirg‘ochlar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Dilmurod Karimov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda “Bunyodkor” legioneri Filip Rayevats gol urib, o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ayni damda turning so‘nggi o‘yini Namanganda “Navbahor” hamda Navoiyning “Qizilqum” jamoa?lari o‘rtasida kechmoqda.

Pepsi Superliga

11-tur bellashuvlari

12-may, shanba

Gollar: 0:1 —  39 Javlon Ibrohimov, 1:1 — 59 Dilmurod Karimov, 1:2 — 85 Filip Rayevats.

“So‘g‘diyona”: Dilshod Hamroyev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Nurullo To‘xtasinov, 65), Doniyor Hasanov, Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 64), Tohir Shamsiddinov, Izzat Abdullayev (Akmal Xolmurodov, 46), Ruslan Melziddinov

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzod Nurmatov (Filip Rayevas, 70), Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 68), Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 77)

Ogohlantirishlar: Akrom Komilov 52, Xurshid G‘iyosov 63, Sardor Qulmatov 65, Rustam Ashurmatov 73, Ruslan Melziddinov 79, Mirg‘iyos Sulaymonov 83.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют