» » “Navbahor” “Qizilqum”ni o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lub etdi

“Navbahor” “Qizilqum”ni o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lub etdi


Bugun, 12-may sanasida O‘zbekiston Pepsi Superligasining 11-tur bahslariga yakun yasaldi.

Birinchi davraning so‘nggi 11-turidan o‘rin olgan oxirgi uchrashuv Namanganda bo‘lib o‘tdi. “Navbahor” “Qizilqum”ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Namanganliklar tarkibida Sardor Sulaymonov, Azizbek Turg‘unboyev hamda Dilshod Jabborov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Bu g‘alaba tufayli “Navbahor” birinchi davrani 18 ochko bilan 4-o‘rinda yakunladi. Uchinchi o‘rindagi “Lokomotiv”da ham 18 ochko bor. “Qizilqum” esa 9 ochko jamg‘argan holda birinchi davrani 10-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.

Pepsi Superliga

11-tur bellashuvlari

12-may, shanba

Gollar: 1:0 — 5 Sardor Sulaymonov, 2:0 — 75 Azizbek Turg‘unboyev, 3:0 — 81 Dilshod Jabborov.

“Navbahor”: 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O‘runov (14.Ilhom Boydadayev, 64), 8.Ayubxon No‘monov, 9.Dilshod Jabborov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 11.Zohir Pirimov (15.Azamat Allaniyazov, 66), 17.Sardor Sulaymonov (22.Ro‘zimboy Ahmedov, 77), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoyevich

“Qizilqum”: 1. Erkin Jabborov, 4. Erkin Boydullayev (s), 5. Georgi Kvesiyeshvili, 10. Alisher Sanoyev (44. Mirjalol Qosimov, 56), 11. Doniyor Usmonov (84. Nemanya Yovanovich, 49), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvishi, 70. Andrey Sidorov (9. Humoyun Abdualimov, 82).

Ogohlantirishlar: Andrey Sidorov 29, Jahongir Mehmonov 34, Oston O‘runov 41, A’zam Aliyev 54, Fayzullo Qambarov 78, Mirjalol Qosimov 83.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют