» » Toshkentda avtobus kanalga ag‘anadi. Uning yo‘lini kesib chiqqan Nexia qidirilmoqda

Toshkentda avtobus kanalga ag‘anadi. Uning yo‘lini kesib chiqqan Nexia qidirilmoqda


Toshkentning Yashnobod tumanida 12-may, shanba kuni Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi kanalga ag‘anagani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda avtobus kanalga tushib ketdi (video)

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, 119-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan avtobus yo‘liga keskin ravishda o‘ngga qayta tizilgan fil suyagi rangli Nexia chiqib kelgan, oqibatda avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va salonida 20 yo‘lovchi bo‘lgan mashina Tolariq kanaliga tushib ketgan.

Xabar berishlaricha, hodisa yuz bergan vaqtda avtobus soatiga 27 kilometr tezlik bilan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Nexia voqea joyidan yashiringan.

“Gazeta.uz”ning “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga asoslanib xabar berishicha, hodisa oqibatida yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan, biroq avtobus haydovchisi Abdurashid Qo‘ziboyev (1981-yilda tug‘ilgan, yetti yillik avtobus haydash stajiga ega) tan jarohati olgan. U “miya chayqalishi” tashxisi bilan Respublika nevrologiya markaziga yotqizilgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) YTH kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan Nexia’ni qidirishni boshlagan. Voqea guvohlaridan “Toshshahartransxizmat”ning harakat xavfsizligi bo‘limi (+99899 8486999) yoki YHXBga (2309452) murojaat qilish so‘ralmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют