» » Toshkentda “Salomatlik — inson huquqi, uni ta’minlashda hamshiralarning o‘rni va istiqboli” mavzusida seminar o‘tkazildi (foto)

Toshkentda “Salomatlik — inson huquqi, uni ta’minlashda hamshiralarning o‘rni va istiqboli” mavzusida seminar o‘tkazildi (foto)


Har yili 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham keng nishonlanadi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, joriy yilgi Xalqaro hamshiralar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “Salomatlik – inson xuquqi, uni ta’minlashda hamshiralarning o‘rni va istiqboli” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 11—12-may kunlari Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Salomatlik – inson huquqi, uni ta’minlashda hamshiralarning o‘rni va istiqboli” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda sog‘liqni saqlash tizimida samarali va faol mehnat qilib kelayotgan hamshiralar ishtirok etdi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, Prezident Sh.Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlarda, videoselektor yig‘ilishlarida, hududlarga uyushtirgan safarlari mobaynida sog‘liqni saqlash tizimidagi masalalarga doimiy e’tibor qaratib, xalqni rozi qilish uchun avvalo tibbiy xizmat sifatini yaxshilash lozimligini ta’kidlamoqda. Shu bois, sohada olib borilayotgan islohotlar jarayonida hamshiralik ishini rivojlantirish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan.

Hamshiralik ishi keng qamrovli jarayon bo‘lib, tibbiyotning biror yo‘nalishini bu mutaxassis faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, shoshilinch tibbiy xizmat, reanimatsiya, operatsiya bloklarida malakali hamshiraning bilim, mahorati, tajribasi, o‘z kasbiga sadoqati bemorni sog‘lom hayotga qaytarishda muhim omil bo‘ladi. Shoshilinch holatlarda vaziyatni to‘g‘ri baholab, birinchi va hal qiluvchi yordamni tez tibbiy yordam feldsherlari ko‘rsatadi. Ilgari ushbu bo‘g‘in xodimlari tibbiy texnika va dori vositalari tanqisligidan turli noqulay vaziyatlarga tushib qolayotgani bor gap edi. Prezidentning farmon va qarorlari bilan ushbu masala ham o‘z yechimini topmoqda.

Anjuman davomida aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan o‘rta tibbiyot xodimlaridan bir guruhi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va faxriy yorlig‘i hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Marosimdan so‘ng, hamshiralarni kasb bayrami bilan muborakbod etish maqsadida “Bor bo‘ling, hamshiralar!” deb nomlangan gala-konsert tashkil qilinib, unda el suygan san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Anjuman doirasida ishtirokchilarning Toshkent shahri va viloyatida joylashgan muqaddas qadamjolarga ziyorati uyushtirilib, mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbir yakunida tibbiyot muassasasi, jumladan, tibbiyot hamshirasi faoliyatiga soha amaldorlari emas, balki oddiy odamlar, aholining bevosita o‘zi xolis baho beradigan tizim yaratilgani va ushbu mezon orqali baholanishi qayd etib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют